07:32 / 16.09.2019
0
9572

Kim Chen In Trampga Pxenyanda uchrashishni taklif qilgan - OAV

Foto: AP Photo / Evan Vucci

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampga Pxenyanda uchrashishni taklif qilgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Chunan ilbo” nashri ma'lum qildi.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu taklif avgust o‘rtalarida Kim Chen Indan Trampga berilgan maktubda bildirilgan.  

Avvalroq Tramp joriy yil oxirigacha Shimoliy Koreya yetakchisi bilan yangi uchrashuv o‘tkazishi mumkinligini aytgandi.

Ikki davlat yetakchilari uch marta: Singapur va Xanoyda hamda Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi qurolsizlashtirilgan hududda uchrashishgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top