19:26 / 18.09.2019
0
8402

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zgardi   

Foto : kaztube

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri lavozimiga Muxtor Tleuberdi tayinlandi. U bungacha vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan imzolangan tegishli farmon prezident saytida joylashtirilgan. 

Toqayevning boshqa bir farmoni bilan bungacha tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan Boybut Atamqulov Qozog‘istonning sanot va infratuzilmaviy rivojlanish vaziri lavozimiga tayinlangan. Atamqulov tashqi ishlar vaziri lavozimini 2018 yil 26 dekabrdan egallab kelgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top