15:36 / 18.09.2019
2
15403

Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi

Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Chorak final bosqichini o‘zbekistonlik sportchilardan Shahobiddin Zoirov (-52 kg) bolgariyalik Daniyel Asenovga qarshi bahs bilan boshlab berdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv yakuni bo‘yicha Shahobiddin Zoirov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, bokschi o‘zi uchun jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo‘ydi. U finalga chiqish uchun fransiyalik Billol Bennama bilan to‘qnash keladi.

Bugun O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 4 nafar vakili yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi:

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) (B ring, boshlanish vaqti – 19:15)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyod Iyoshash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45)

Bugungi janglarni tomosha qilish uchun linklar:

Ring B: Miraziz Mirzaxalilov - Qayrat Yeraliyev, boshlanish vaqti - 19:15, Bobousmon Baturov - Ziyad Iashash, boshlanish vaqti - 19:30, Dilshod Ro‘zmetov - Loren Alfonso Dominges, boshlanish vaqti - 20:15, Bahodir Jalolov - Richard Torres, boshlanish vaqti - 20:45.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top