18:19 / 19.09.2019
5
11575

Daraxtlar kesilishi muammosi: Mebel ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati tekshirilishi mumkin

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor va hunarmandlar o‘z mahsulotlarini tayyorlashda foydalanayotgan yog‘och materiallarini qayerdan olayotgani tekshirila boshlanishi mumkin.

Bu haqda daraxtlar kesilishi muammosiga mas'ul mutasaddilar ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, tadbirda respublikadagi mebel ishlab chiqaruvchi korxona va hunarmandlarning faoliyati ham o‘rganilib, ular foydalanayotgan daraxtlar qayerdan kelayotgani atroflicha surishtirilishi taklif sifatida aytib o‘tilgan.

Shu bilan birga, Davlat ekologiya qo‘mitasi inspeksiya boshlig‘i O‘lmas Sobirovning aytishicha, daraxtlarning kesilishiga qarshi kurashish, ularni himoya qilish faqat Davlat ekologiya qo‘mitasi zimmasida emas.

«Viloyat, tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari qoshida daraxtlarni parvarishlash, kasalliklarga nisbatan kurash olib borish va bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi mas'ul markazlar mavjud. Ammo ular vazifasini to‘liq bajarmayapti», – dedi Sobirov.

Bundan oldin mutasaddilar O‘zbekistonda daraxtlarning ko‘p kesilishi sabablarini sanab o‘tishgani xabar qilingan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top