11:57 / 20.09.2019
0
16420

Qozog‘iston, Rossiya va Tojikistonga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 25 sentabr kunidan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Xorgos va Petropavlovsk shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishlarda “Uzautotrans Service” korxonasi zamonaviy Yutong avtobuslarida xizmat ko‘rsatadi. 

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, “Toshkent-Xorgos” yo‘nalishining umumiy masofasi 1235 km.ni tashkil etadi. Qatnovlar haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 10:00 da yo‘lga chiqadi. Chipta narxi esa 200 000 so‘m etib belgilangan.

“Toshkent-Petropavlovsk” yo‘nalishida esa qatnovlar kun ora amalga oshiriladi. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 19:00 da jo‘nab ketadi. Mazkur qatnovning yo‘nalish masofasi 2150 km bo‘lib, chipta narxi 337 000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, “Uzautotrans Service” korxonasi 24 sentyabrdan e'tiboran “Toshkent-Qozon”, “Toshkent-Nur-Sulton” va “Toshkent-Xo‘jand” yo‘nalishlarida ham muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

“Toshkent-Qozon” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Avtobus soat 11:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘nab ketadi. “Toshkent-Qozon” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 2651 km bo‘lib, yo‘lkira haqi 500 000 so‘mni tashkil etadi. Safar davomida avtobuslar O‘zbekistonning “G‘isht ko‘prik”, Qozog‘iston Respublikasining “Jibek Jo‘li” va “Jaysan” hamda Rossiya Federatsiyasining “Sagarchin” chegara bojxona postlaridan o‘tadi.

“Toshkent-Nur-Sulton” yo‘nalishida qatnovlar kun ora amalga oshiriladi.1646 km teng masofani avtobuslar 27 soat 30 daqiqada bosib o‘tadi. Ushbu yo‘nalishda chipta narxi 220 000 so‘mni tashkil etadi. 

“Toshkent-Xo‘jand” yo‘nalishida qatnovlar har kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar “Toshkent” va “Xo‘jand” avtovokzallari o‘rtasida Nurafshon, Bo‘ka shaharlari orqali harakatlanib, “Oybek” va “Fotehobod” nazorat o‘tkazish punktlaridan o‘tadi. Ushbu yo‘nalish masofasi 174 km ga teng bo‘lib, chipta narxi 50 000 so‘mni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top