00:32 / 22.09.2019
0
7764

Tehron Ar-Riyodni Yamandagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

Foto: RIA "Novosti"

Eron tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonini Yamandagi urushga chek qo‘yishga chaqirdi.  

Avvalroq Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al Jubayr qirollik neft korxonalariga Yamandan emas, Erondan hujum uyushtirilganini bildirgandi.

"Saudiya Arabistoni hukumati boshqalarni asossiz ayblash o‘rniga begunoh insonlar o‘limi va mamlakat vayron bo‘lishiga olib kelgan Yamandagi urushga tezroq chek qo‘ysa yaxshi bo‘lardi", - deyiladi Eron TIV vakili Abbos Musaviyning bayonotida.

14 sentabr kuni Saudiya Arabistoni neftni qayta ishlash korxonalariga dronlar yordamida hujum uyushtirildi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni Yamandagi xusiy isyonchilari o‘z zimmalariga oldi. AQSh va Saudiya Arabistoni bu hujumlarda Eronni ayblamoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top