07:42 / 25.09.2019
0
31880

AQSh kongressida Trampning impichmenti jarayoni boshlandi

Foto: AP Photo/Mary Altaffer

AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri, demokrat Nensi Pelosi kongress AQSh prezidenti Donald Trampni impichment qilish jarayonini boshlayotganini ma'lum qildi. 

«Men shuni ma'lum qilamanki, Vakillik palatasi impichment masalasi bo‘yicha rasmiy tergovni boshladi. Men oltita qo‘mitaga o‘zlarining tergovlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma beraman», — deb aytgan Pelosi maxsus murojaatida.

Uning aytishicha, Trampning harakatlari «u prezident lavozimi, milliy xavfsizlik va saylovlar butligiga xoinlik qilgani»ni ko‘rsatadi.

Pelosi murojaatini yakunlab, jurnalistlar savollariga javob berishdan bosh tortgan.

Pelosi Trampning impichmentiga uning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatini asos deb hisoblamoqda. Ta'kidlanishicha, Tramp o‘sha suhbat vaqtida Zelenskiydan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenga qarshi tergov boshlashni talab qilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top