20:30 / 26.09.2019
1
40239

Turkmaniston prezidentiga yangi unvon berildi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga Hormatly il ýaşulusy (Hurmatli xalq oqsoqoli) unvoni berildi. Bu haqda “Turkmaniston bugun” davlat axborot agentligi ma'lum qilgan.  

Ushbu unvon Berdimuhamedovga “davlat mustaqilligi va daxlsizligi uchun qo‘shgan ulkan hissasi, davlat va jamiyat oldidagi buyuk xizmatlari, vatan ravnaqi uchun mazmunli, vijdonli va mardonavor mehnati, ijobiy islohotlarni amalga oshirgani uchun hamda Turkmaniston mustaqilligining 28 yilligi nishonlanishi tufayli jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ko‘plab iltimos va takliflari hisobga olingan holda” berilgan.

Turkmaniston prezidenti unga ko‘krak nishoni topshirilishi oldidan an'anaviy turkman kiyimi – to‘n va oq cho‘girmada bo‘lgan.

“Prezident bundan keyin ham vatan ravnaqi, turkmanistonliklarning osuda va baxtli hayotini ta'minlash uchun o‘z kuchi, bilimi va tajribasini ayamasligini aytgan”, deb ta'kidlab o‘tilgan axborot agentligida. 

Nashrning ta'kidlashicha, 2011 va 2017 yillardagi oqsoqollar yig‘ilishlarida  fuqarolar va oqsoqollarning ko‘plab iltimoslariga ko‘ra prezidentga Turkmaniston qahramoni unvonlari berilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top