10:46 / 27.09.2019
0
5267

Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi. Mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish kerakligi yana bir bor tasdiqlandi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi.

Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat va tinchlik jarayonini rivojlantirish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar, deyiladi TIV xabarida.

Shuningdek, Afg‘onistonda O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilingan.

Uchrashuvda milliy yarashishga tezroq erishish va Afg‘onistondagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishdan tomonlar manfaatdor ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top