12:41 / 29.09.2019
0
6320

Kipr prezidenti samolyoti nosozlik sababli Nyu-Yorkka qaytishiga to‘g‘ri keldi

Foto: AP Photo/Petros Karadjias

Bortida Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis va mamlakatning boshqa rasmiy shaxslari bo‘lgan samolyot nosozlik sababli Nyu-York aeroportiga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda 29 sentyabrda RIA Novosti axborot agentligi xabar berdi. 

Gap xususiy samolyot haqida borib, Kipr delegatsiyasi BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkda o‘tgan sessiyasidan Kiprga qaytayotgan bo‘lgan. 

Newsbomb portali ma'lumotlariga ko‘ra, parvoz vaqtida samolyotning old oynasi bilan muammolar yuzaga kelgan. Ekipaj Londongacha uchmaslikka va aeroportga qaytishga qaror qilgan. 

Samolyot Nyu-Yorkda tungi vaqt qo‘ngan. Anastasiadis va unga hamrohlik qilgan delegatsiya a'zolari mehmonxonada qolishgan. Ular 29 sentabr kechki vaqt uchib ketishlari kutilmoqda. 

Avvalroq Nyu-York aeroportiga Pokiston bosh vaziri Imron Xon boshchiligidagi delegatsiyasi qaytishiga to‘g‘ri kelgandi. Delegatsiya samolyotida Toronto aeroportiga yaqinlashib qolganda muammolar aniqlangan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top