00:18 / 30.09.2019
0
18722

Parijda Jak Shirak bilan vidolashuv marosimi boshlandi

Foto: EPA

29 sentyabrda Parijda Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak bilan vidolashuv marosimi boshlandi.

Shirakning jasadi solingan va ustiga Fransiya bayrog‘i yopilgan tobut nogironlar uyi hovlisiga qo‘yilgan. Marosim mahalliy vaqt bilan soat 14da boshlangan, biroq u boshlangunga qadar unda ishtirok etishni istaganlarning katta navbati yuzaga kelgan.

Minglab odamlar Yelisey saroyidagi ta'ziya kitoblarida o‘z izhorlarini qoldirishgan. 

30 sentabr ertalab Shirakka amaldagi prezident Emmanuel Makron ishtirokida harbiycha hurmat bajo keltiriladi. So‘ngra marhum prezident bilan vidolashuv marosimi Parijdagi Sen-Syulpis cherkovida davom etadi. Unda 30 ga yaqin davlatning rahbarlari hamda yuqori lavozimli vakillari ishtirok etadi. 

Marhum prezident Parijdagi Monparnas qabristonida katta qizining qabri yaqiniga dafn etiladi.

Fransiyaning 22-prezidenti bo‘lgan Shirak 26 sentyabrda 86 yoshida vafot etdi. U Fransiyani 1995 yildan 2007 yilgacha 12 yil davomida boshqargan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top