18:34 / 01.10.2019
0
16366

Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar joriy yil yanvar oyidan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Qudratov yangi lavozimda biroz avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangan Sunnatulla Bekenovning o‘rnida ish boshladi.

Laziz Shavkatovich Qudratov 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti va Xosey universiteti (Yaponiya) bitiruvchisi.

U 2003-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, 2010-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Maslahatchi, 2014-2016 yillarda Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta'minlash va qo‘llab quvvatlar bo‘yicha «O‘zinfoinvest» Agentligi Direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Laziz Qudratov 2017 yil iyunida Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi raisining Birinchi o‘rinbosari etib tayinlanadi, 2019 yil yanvarida qo‘mita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida qayta tashkil etilgach, shu vaqtgacha vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top