09:15 / 03.10.2019
0
3268

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Yaponiya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Ismatulla Ergashev / Foto: Xalqaro press-klub

2019 yil 2 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi, ayniqsa turizm va ta'lim sohalaridagi aloqalarni kengaytirish borasidagi ikki mamlakat sa'y-harakatlari muhokama qilindi.

Elchi Yoshinori Fujiyama Yaponiyadan turistlar oqimini kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarurligi haqidagi O‘zbekiston tomonining fikrini qo‘llab-quvvatladi.

Yaponiya tomoniga O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish borasidagi sa'y-harakatlari, shuningdek, ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashni asosiy maqsad qilgan turli iqtisodiy loyihalar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat va xalqaro hamjamiyatning mojaroni hal qilish va mamlakatda uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish borasidagi sa'y-harakatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top