15:05 / 03.10.2019
0
3944

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan elektr energiyasi ta'minotini rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Jahon banki guruhi a'zosi, Sirdaryo viloyatida quvvati 1300 megavattga teng bug‘ va gazda ishlaydigan elektr qurilmasini barpo qilish, davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) asosida tenderi va strukturasi bo‘yicha O‘zbekistonga konsultativ maslahatlar berish yuzasidan kelishuvni imzolandi

Ta'kidlanganidek, mazkur davlat va xususiy sektor sherikchiligining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi elektr energiyasi ta'minoti barqarorligini yaxshilaydi va tabiiy gazdan yanada unumliroq foydalanish imkoniyatini beradi.

Vositachi-maslahatchi sifatida, XMK O‘zbekistonga loyihani yaratish va davlat va xususiy sektorlar o‘rtasida xavf-xatarlarni tegishlicha taqsimlash uchun yetakchi xususiy investorlarni jalb qiladigan davlat va xususiy sektorlar sherikchiligini ishlab chiqishda ko‘maklashadi. Hukumat loyiha uchun investorni eng ilg‘or amallarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan raqobatga asoslangan tanlov jarayoni orqali tanlab oladi. 

Mazkur davlat va xususiy sektorlar sherikchiligi O‘zbekistonning eskirib borayotgan elektr energiyasini ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda aholi va korxonalarni elektr energiyasining barqaror ta'minoti bilan ta'minlash uchun ishlab chiqilgan. Bu, Jahon banki guruhining hisob-kitoblari bo‘yicha, 2030 yilga kelib elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 50 foizgacha oshadigan O‘zbekiston uchun muhim omil hisoblanadi.

Bu loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasining O‘zbekistonning elektr energiyasini ishlab chiqarish sektoridagi xususiy sektor investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa'y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi.

«Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar kabi O‘zbekistonning o‘ta zarur infratuzilma loyihalariga sarflashi mumkin bo‘lgan mablag‘lari cheklangan», - dedi XMKning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Vibke Shlyomer. 

«Xususiy sektor kapitali va tajribasini tatbiq qilish orqali mamlakat yirik infratuzilma loyihalarini rivojlantirishni rag‘batlantirishi va shu sababli biznes muhiti va aholining turmush sifatini yaxshilashi mumkin».

Bugungi kunda XMKning O‘zbekistondagi investitsion portfeli 58 mln AQSh dollariga teng. Investitsiyalarning asosiy qismi moliya sektori va to‘qimachilik sohasiga yo‘naltirilgan. XMK maslahat xizmatlari oltita loyiha doirasida ko‘rsatiladi. Mazkur loyihalar davlat korxonalarini, jumladan ikkita davlat bankini xususiylashtirish, paxta ishlab chiqarish sektorini isloh qilish, moliyaviy bozorni rivojlantirish va diversifikatsiyalash, hamda kimyo sanoatida elektr energiyasidan samarali foydalanishni yaxshilashga ko‘maklashish va muqobil energiyalari manbalari va sog‘liqni saqlash sohalarida DXSh bitimlarini tajriba tariqasida amalga oshirishda mamlakatga ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top