15:30 / 03.10.2019
2
8554

Yaponiya KXDR uchirgan ballistik raketa 2,5 ming kilometrgacha parvoz qilishi mumkinligini bildirdi

Foto: KCNA

Yaponiya KXDR 2 oktabr kuni 2,5 ming kilometr masofaga parvoz qiladigan ballistik raketa sinovini o‘tkazdi deb hisoblaydi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Taro Kono ma'lum qildi.

"Raketa o‘tkir burchak ostida uchirildi. Agarda u oddiy trayektoriya bo‘yicha parvoz qilganida 2,5 ming km masofaga yetib borishi mumkin edi. Bizningcha, u suvosti qayiqlarining o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketasi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa yaqinda ishlab chiqarilgan.

Yaponiya mudofaa vazirligi ma'lumot berishicha, raketa 900 km balandlikka ko‘tarilgan, so‘ngra ikki qismga ajralgan.

Sinov AQSh va KXDR vakillari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarga bir necha kun qolganida o‘tkazildi. Amerika prezidenti Donald Tramp mazkur parvoz yuzasidan hech qanday fikr bildirmadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top