22:29 / 05.10.2019
1
4835

Bloomberg: Tramp milliy xavfsizlik kengashi xodimlari sonini qisqartirishni buyurdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi xodimlarining sonini sezilarli darajada qisqartirish to‘g‘risida maxfiy buyruq berdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

Agentlikning yozishicha, Trampning farmoni Oq uy apparati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Mik Malveni va prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchisi Robert O’Brayyen tomonidan kengash xodimlariga yetkazilgan.  

Bloomberg’ning eslatishicha, Tramp 310 kishi, asosan Davlat departamenti, Pentagon va maxsus xizmatlarning sobiq xodimlaridan iborat bo‘lgan milliy xavfsizlik kengashi samaradorligini oshirishga qaror qilgan.  

24 sentabr kuni vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanganini e'lon qilgandi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top