02:07 / 07.10.2019
1
14917

La Liga. «Barselona» «Sevilya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Foto: Twitter/FCBarcelona

Ispaniya chempionatining 8-turida «Barselona» o‘z uyida «Sevilya»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar tarkibida gollarni Suares, Vidal, Dembele va Messi urishdi. E'tiborlisi, «Barselona» o‘yinni 9 kishi bilan yakunladi, Arauxo va Dembele maydondan chetlatildi.

Shu tariqa «Barselona» ochkolari sonini 16taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Peshqadam «Real» bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil qilmoqda. Xulen Lopetegi shogirdlari esa 13 ochko bilan 6-o‘rinda turibdi.

Barselona - Sevilya 4:0

6 oktabr, «Kamp Nou»
Gollar: Suares (27), Vidal (30), Dembele (35), Messi (78).
Barselona: ter Stegen, Serji Roberto, Todibo (Arauxo, 73), Semedu, Pike, Vidal (Rakitich, 70), Artur (Buskets, 65), de Yong, Dembele, Suares, Messi. 
Sevilya: Vatslik, Karrisu, Diyego Karlos, Regilon, Navas, Banega, Fernando, Okampos, Oliver Torres (Jordan, 46), Nolito (Munir, 46), de Yong (Ernandes, 65).
Ogohlantirishlar: Regilon (22), Karrisu (34), Semedu (39), Dembele (53), Suares (64), Pike (85), Buskets (88).
Chetlatishlar: Arauxo (87), Dembele (88).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top