16:22 / 07.10.2019
0
11968

Taxmina Turdialiyeva Janubiy Koreyaning «Better Together Challenge 2019» xalqaro tanlovida ikkinchi o‘rinni oldi

3-5 oktabr kunlari Pyonchang shahrida World Culture Open xalqaro tashkiloti va Pyonchang (Janubiy Koreya) hukumati tomonidan «Better Together Challenge 2019» festivali bo‘lib o‘tdi.

Bu butun dunyodagi ijtimoiy innovatorlar, ijodkorlar, faollar va idealistlarni ilhomlantiruvchi, fikr almashish maqsadida birlashtiruvchi global festival sanaladi. Festivalda 60 mamlakatdan 500 nafar ixlosmand ishtirok etdilar. 

Festival doirasida 2018 yilgi Qishki olimpiya o‘yinlari shaharchasini «Tinchlik va barqarorlik taraqqiyot shaharchasi»ga aylantirishning taklif va g‘oyalari tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning asosiy mavzusi «Tinchlik va barqarorlik shaharchasi» bo‘lishining sababi, 2018 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimidagi voqea bo‘lib, unda ikki Koreyaning (Shimoliy va Janubiy) 200 dan ortiq delegatlari Koreya yarimorolining birlashish bayrog‘i ostida to‘planishgan edi.  

Festivalda ishtirok etish uchun barcha soha vakillari, nafaqat arxitektor va dizaynerlar, balki ijtimoiy innovatorlar, tinchlikparvarlar va boshqalar taklif etildi.

O‘zbekistonlik iqtidorli arxitektorlardan biri Taxmina Turdialiyeva Koreya yarimoroliga bag‘ishlangan «Garden of Unification» g‘oyaviy dizaynini taqdim etgan holda 2-o‘rinni egalladi. Ushbu birlashuv bog‘i ekologik tadqiqotlar laboratoriyasini, ichki xotirjamlik va meditatsiya mashqlari uchun moslashgan maydonchalarini o‘z ichiga oladi.  

Taxmina Turdialiyeva 2018 yilda «Turkistan Architecs award» xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘lgan va O‘zbekiston va O‘rta Osiyoning iste'dodli arxitektorlaridan biri deb tan olingan. 

U Toshkent arxitektora-qurilish institutining iqtidorli talabasi sifatida «Prezident stipendianti» (2012), Respublika dizayn Olimpiadasi g‘olibi (2012) dir. Shu bilan birga, shaxmat bo‘yicha FIDe Xalqaro toifadagi hakami hamda World Peace Initiative xalqaro tashkilotining a'zosi hisoblanadi. Hozirgi kunda Xitoyda «Cube Design Architecs» xalqaro arxitektura kompaniyasida arxitektor sifatida ish yuritadi, shuningdek, «Buyuk kelajak» eksperti sanaladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top