17:17 / 08.10.2019
1
15766

Metroda kontaksiz to‘lov xizmatlari joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3945-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda «HUMO» to‘lov tizimi infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yana bir yangilik sifatida Toshkent metropolitenining 21 ta stansiyalarida kontaksiz to‘lov ya'ni, «HUMO» plastik kartasi orqali yo‘lkira uchun to‘lovni amalga oshirish dasturi nihoyasiga yetkazildi. Hozirda, metropolitenining «Buyuk Ipak Yo‘li», «Amir Temur hiyoboni», «Mustaqillik maydoni», «Paxtakor», «Mirzo Ulug‘bek», «Chilonzor», «Beruniy», «Minor», «Abdulla Qodiriy» bekatlarida karta orqali to‘lovning amalga oshirish tizimi yaratildi. Endilikda, naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish ham imkoniyatlari kengaymoqda.

«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top