11:31 / 09.10.2019
0
3383

«Matbuot tarqatuvchi»dagi davlat aksiya paketi savdolarga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Matbuot tarqatuvchi" AJning ustav fondidagi 26,0 foiz davlat aksiya paketini birja savdolariga qo‘ydi.

Savdoga chiqarilayotgan davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi ulushi – 26,0 foiz, savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning umumiy soni – 260 000 dona oddiy aksiya.

Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 4000 so‘m, bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi – 35 802,0 so‘m. 

Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi – 9 308 520 000 (to‘qqiz milliard uch yuz sakkiz million besh yuz yigirma ming) so‘m, savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ.

Davlat aksiyalarini sotib olishni xohlovchilar 2019 yilning 11 noyabrdan boshlab “Toshkent” RFBda birja savdolarini o‘tkazish qoidalariga muvofiq ommaviy savdolarni amalga oshirish maydonchasi orqali davlat aksiya paketlarini sotib olishga ariza berishlari mumkin. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top