15:53 / 10.10.2019
0
26060

IIV matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Shohrux G‘iyosov

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – ichki ishlar vazirining matbuot kotibi lavozimiga polkovnik Shohrux Kamoliddinovich G‘iyosov tayinlandi.

Vazirlik saytidagi xabarga ko‘ra, Sh. G‘iyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. 

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.

Bundan oldin, IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qutbiddin Burxonov boshqa tizimda rahbarlik lavozimiga tayinlangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top