12:45 / 11.10.2019
0
8432

Yakkasaroydagi restorandan 25 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Shu yilning 21 sentabr kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida noma'lum shaxslar Muqimiy ko‘chasi 1-«A» uyda joylashgan «Podnebesnaya» restoraniga kalit tanlash yo‘li bilan kirgan.

«Postda» nashri xabariga ko‘ra, ular omborxonadagi seyfdan restoran ish boshqaruvchisi U.L.ga tegishli 25 million so‘mni o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni ushbu restoranning sobiq ishchisi, Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi U. A. va uning mahalladoshi V.O. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, hozir tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top