20:22 / 12.10.2019
0
5100

Ilk bor 2 soatdan kamroq vaqt ichida: Keniyalik sportchi marafoncha yugurish rekordchisiga aylandi

Keniyalik yengil atletikachi Eliud Kipchoge marafon masofasini 2 soatdan kamroq vaqt ichida yugurib o‘tgan birinchi insonga aylandi. Bu haqda The News York Times nashri xabar berdi. 

Venadagi marafoncha yugurishda 34 yoshli sportchi 42,2 kmlik masofani 1 soat 59 daqiqa 40 soniyada bosib o‘tdi. Biroq rekord qayd qilinmaydi, chunki yugurish ochiq marafon doirasida o‘tmagan. Bundan tashqari, unda bir nechta peysmeykerlar – o‘rta va uzoq masofalarga yugurishning muayyan qismlarida yugurish sur'atini belgilovchi yuguruvchilar ishtirok etgan.

Kipchoge 2017 yilda Monsada (Italiya) ushbu masofani 2 soat 25 soniyada yugurib o‘tgandi, biroq bu rekord ham rasman qayd qilinmagan. 

Ta'kidlash joiz, marafoncha yugurishdagi rasmiy rekord Kipchogening o‘ziga tegishli bo‘lib, u 2018 yil Berlinda ushbu masofani 2 soat 1 daqiqa 39 soniyada bosib o‘tgan.

Rasmiy rekordlar sifatida ochiq musobaqalardagi natijalar qayd qilinadi. Venadagi urinish esa Ineos 1:59 Challenge loyihasi doirasida o‘tgan va unda marafoncha masofani 1 soat 59 daqiqada yugurib o‘tish maqsad qilingandi hamda unga erishildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top