11:44 / 13.10.2019
1
69066

Ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar. Ularni qanday aniqlash va davolash mumkin?

Kun.uz sog‘lom hayot loyihasi orqali bugungi kunda ko‘p uchrayotgan va oldini olish dolzarb bo‘lgan kasalliklar haqida ma'lumot berishda davom etadi. Biz bu safar ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar haqida ma'lumot berishni maqsad qilganmiz. Ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash va oldini olish yo‘llari to‘g‘risida oliy toifali shifokor Nasiba Nigmadjanova tavsiyalariga quloq tutamiz.

“Ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar juda jiddiy muammo hisoblanadi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun ayollarimizga bir yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya qilinadi.

Barchamizga ma'lumki onkologik kasalliklar hech qanday sipmtomplarsiz, birorta belgilarsiz vujudga keladi. Oqibatda ularni aniqlash imkoni judayam qiyinlashadi. Kasallik qancha kech aniqlansa, kasallik darajalariga qarab ularni davolash imkoniyati ham ancha pasayadi. Onkologik kasalliklar qancha tez tashxis qo‘yilib, erta aniqlansa ularga qarshi kurashish shuncha osonlashadi.

Bugungi kunda dunyoda ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda bachadon bo‘yni va bachadon tanasi raki judayam ko‘p uchraydi. Ko‘p hollarda ayollar kechikib murojaat qilishadi. Buning sababi ham bor. Kasallik belgilarsiz rivojlanadi.

Bir yilda bir marta marta ayollarni ginekolog ko‘rikdan, tekshirishdan o‘tish kasallikni erta aniqlashda yordam beradi. Bu tekshiruvlarning samarali jihati shundaki, hujayralardagi eng kichik o‘zgarishlargacha oldindan aniqlab, vaqtliroq muolajalarni olib borish orqali ayollarda hech qanday asoratlar qoldirmasdan, bu kasallikni qaytalanishining oldini olish imkonini beradi.

Kasallikning kelib chiqish sabablari va davolash

Kasalliklarning kelib chiqish sabablari bo‘yicha nazariyalar judayam keng qamrovli bo‘lib, aniq bir sababni keltirish qiyin. Gormonal statusning o‘zgarishi, stress holati, ortiqcha vazn va moddalar almashinuvi buzilishlari onkologik kasalliklarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari nasliy omillar, tashqi muhitning o‘zgarishi, ekologik holat hamda ko‘pgina yuqumli kasalliklar ham kasallik rivojlanishiga ta'siri bor degan nazariyalar mavjud.

Bugungi kunda O‘zbeksitonda onkologik kasalliklarni oldini olish bo‘yicha katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Kasallikni erta aniqlash uchun ayollardan bir yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tib, o‘zlarining sog‘liqlariga befarq bo‘lmasliklarini iltimos qilardik. Chunki onkologik kasalliklarni davolash judayam qiyin hamda katta mablag‘ talab qilinadi. Shuningdek, samara olish uzoqqa cho‘zilib, oqibatda ayanchli holatlarga olib kelishi mumkin.

Asosiysi onkologik kasalliklarni oldini olishda birinchi qilinadigan ish bu profilaktik ko‘riklarni amalga oshirishdir. Sababi onkologik kasalliklar bugungi kunda yosharib bormoqda. Shu sababli ayollarimizga sog‘liqlariga bee'tibor bo‘lmasliklarini so‘rab qolardik” deydi shifokor Nasiba Nigmadjanova.

Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top