17:30 / 13.10.2019
0
13671

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Foto: EPA/Vostock-photo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga «Xagibis» to‘foni yopirilishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

12 oktabr kuni Yaponiyada kuchli yomg‘irlar va shamol bilan birga to‘fon boshlandi. Mamlakat hududidagi 14ta daryo o‘zanlaridan toshgan. Tabiiy ofat tufayli 200 mingdan ortiq xonadon elektr ta'minotidan uzilgan, hukumat Tokio, Kanagava, Niigata, Fukusima, Gumma va Tiba prefekturalaridagi 3 milliondan ortiq kishini evakuatsiya qilishga buyruq bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu Yaponiyaga 1958 yilda yopirilgan va 1200 kishini hayotdan olib ketgan «Ida» to‘fonidan keyingi eng yirik to‘fon bo‘lishi mumkin.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘fon tufayli halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi, 166 kishi jabrlandi. Shuningdek, 16 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top