02:26 / 14.10.2019
0
10504

Yevro-2020 saralashi. Germaniya kamchilikda o‘ynab, yirik hisobda yutdi, Uels va Xorvatiya murosa yo‘lini tanlashdi

Foto: Twitter/DFB_Team

C, E va G guruhlarida Yevro-2020 saralashi guruh bosqichining 8-tur o‘yinlar yakunlandi.

Germaniya mehmonda Estoniyaga qarshi bahs yuritdi. 14-daqiqadayoq Emre Janning qizil olganiga qaramay, nemislar yirik hisobda muvaffaqiyat qozonishdi.

Uels o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qildi, bu o‘yinda kuchlar teng keldi. Vlashichning goliga mezbonlar sardori Garet Beyl javob berdi.

Yevro-2020 saralashi, 8-tur
13 oktabr

S guruhi

Estoniya – Germaniya 0:3

«A Le Kok Arena»
Gollar: Gyundogan (51, 57), Verner (71).
Estoniya: Lepmets, Kams, Tamm, Pikk, Baranov, Vasilev (Kyayt, 61), Antonov, Sappinen (Zenyov, 56), Aynsalu, Mets, Liyvak (Oyamaa, 77).
Germaniya: Noyyer, Xalstenberg, Zyule, Klostermann, Kimmix, Gyundogan, Djan, Roys (Sardor, 77), Xaverts, Brandt (Amiri, 86), Valdshmidt (Verner, 66).
Ogohlantirishlar: Lepmets (38), Baranov (50).
Chetlatish: Jan (14).

Ye guruhi

Uels – Xorvatiya 1:1

«Kardiff Siti Stedium»
Gollar: Beyl (45+3) – Vlashich (9).
Uels: Xennessi, Ampadu (Morrell, 50), Rodon, Loker, Robers, Uilyams (Uilson, 68), Jyeyms, Beyl, Allen, Devis, Mur (Robers, 86).
Xorvatiya: Livakovich, Yedvay, Barishich, Lovren, Vida, Brekalo, Perishich, Kovachich (Rakitich, 46), Vlashich, Modrich (Badel, 90), Petkovich (Rebich, 64).
Ogohlantirishlar: Vida (14), Lovren (45+4), Petkovich (46), Muor (57), Rakitich (85), Allen (86), Modrich (89).

G guruhi

Polsha – Makedoniya 2:0
Gollar: Frankovskiy (74), Milik (80).

Sloveniya – Avstriya 0:1
Gol: Posh (21).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top