12:53 / 15.10.2019
1
10817

«ENTER Engineering» kompaniyasi Sho‘rtan GKMda ishlab chiqarish quvvatini faol oshirmoqda

«O‘zbekneftegaz» tarkibiga kiruvchi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi 2001 yilda «Sho‘rtan» gazokondensat koni o‘rnida foydalanishga topshirilgan. O‘shanda uning quvvati xom-ashyo gazi – 4 mlrd. m³ gacha; iste'molchilar uchun tabiiy gaz – 3,5 mlrd. m³ gacha; polietilen granulalar – 125 ming tonnadan ortiqroq; siqilgan gaz – 110 ming tonnadan ortiq; gaz kondensati – 90 ming tonnadan ortiq va ranulirlangan oltingugurt – 1 ming tonnadan ortiq bo‘lgan. 2006 yildan boshlab gaz o‘tkazuvchi tizimlar uchun polietilen, quvurlar va bog‘lovchi detallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va bu loyihaning yillik quvvati 2,5 ming tonnani tashkil qildi. Mahsulotlarning asosiy xaridorlari – O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Polsha, Italiya va boshqa qator davlatlardir.

2017 yil fevral oyida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida davlat rahbari mamlakat kelajagida zavodning strategik ahamiyatini hisobga olgan holda hukumatga maxsus “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Bu “Yo‘l xaritasi” loyihani moliyalashtirish, yangi uskunalar bilan jihozlash, obektni bosqichma-bosqich qurish, korxona faoliyati uchun zarur mutaxassislar tayyorlash kabi muhim jihatlarni hisobga olgan.

Loyihaning maqsadi polimer mahsulotlar ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishni davom ettirish, Sho‘rtan GKM texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish, eksport potensialini oshirish va xom-ashyo hamda materiallar importini o‘z mahsulotlarini qo‘llash orqali kamaytirishni ko‘zda tutadi.

Maxsus tanlov yakunlariga ko‘ra «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» «kalitni topshirish» (YeRS-kontrakt) uslubida «ENTER Engineering Pte. Ltd.» kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu shartnoma doirasida loyihani ishlab chiqish uchun Seul, Gaaga va Toshkent kabi shaharlardan «O‘zbekneftegaz» AJ, «Uzbekistan GTL» MChJ, «Huyndai Engineering&Construction», «McDermott» va «ENTER Engineering» kabi kompaniyalarning 250 nafardan ortiq yuqori malakali mutaxassislari jalb qilindi. Natijada Sho‘rtan GKMning kengaytirilayotgan loyihalari gaz-kimyo tizimining eng zamonaviy, CB&I (AQSh) va Shevron Philips (AQSh) kabi kompaniyalarda qo‘llangan texnologiyalarga asoslangan bo‘ladi.

Loyihada neft-kimyoviy majmua rejalashtirilgan bo‘lib, unda xom-ashyo sifatida tabiiy gaz hamda GTL zavodidan naftani qayta ishlash orqali yiliga o‘rtacha 400 ming tonna polimerlar ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan. Texnologik uskunalar nafta krekingini (NCU) o‘rnatish, to‘liq gidrirlash uskunasini yo‘lga qo‘yish (THU), yuqori zichlikdagi polietilen (HDPE) ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ko‘p miqdorda parafin saqlovchi, GTL naftadan olinuvchi qimmatbaho etilen va propilen ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Loyihani moliyalashtirish «O‘zbekneftegaz» AJ va Sho‘rtan GKMning o‘z mablag‘lari, Xitoy va Rossiya Federatsiyasining yetakchi banklaridan jalb qilingan kreditlar hisobga amalga oshiriladi.

Ayni paytda «ENTER Engineering» kompaniyasi tomonidan polimerlar ishlab chiqarish majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Jumladan Turkiyaning «IKSA» kompaniyasi bilan hamkorlikda PLT testlar (Point Load Tester) – maydondagi tuproq holatini o‘rganish ishlari, bu tuproqni DSM uslub – beton qorishmalarga qisman almashtirish usuli bilan zichlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yer ishlari yakunlanmoqda (umumiy hajm 2 mln. m³ ni tashkil qiladi), karerdan qumlarni tashish oxirlab qoldi, sanoat zonasida qator obektlar – ofislar, tibbiy markaz, ta'mirlash-mexanik ustaxona, quvurlar, metallokonstruksiyalar va qimmatbaho texnikalarni saqlash uchun omborlar, hududni o‘rab olish kabi ishlar olib borilmoqda.

Umuman loyihaga 900 kishi jalb qilingan. Ularning 150 nafari loyiha jamoasi vakillari, 140 nafar qurilish-montaj ishchilari, 200 nafardan ortiq haydovchi va mexaniklar, shuningdek «Huyndai Engineering&Construction» (Janubiy Koreya) va «GS» (Xitoy) kompaniyalarining 216 va 162 nfar ishchilaridir. Qurilish avjiga chiqqan paytda 5 ming nafardan ortiq malakali quruvchilar muhandislar va boshqa turli tuman kasb egalari ham jalb qilinadiki, bu o‘z navbatida Qashqadaryo viloyatida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga imkon beradi.

Belgilangan vazifalarni bajarish uchun 200 dan ortiq texnika qo‘llanilmoqda. Bular yer ishlari uchun 50ta, yuk ko‘tarishga 4ta, yuk transporti vositalari 129ta, maxsus texnika 7ta, 5ta odam tashish va 7ta yengil mashinalardan iborat. Bundan tashqari ish jarayonida dizel elektrostansiyalari va havo kompressorlari ham ishlatilmoqda.

O‘zbekistonda Sho‘rtan GKMning ishlab chiqarish hajmi oshirilishi yana bir yuqori texnologik sanoat tizimi yo‘lga qo‘yilishidan dalolat beradi. Bu uglevodorodlarni yanada chuqurroq qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash demakdir. Mazkur sanoat o‘z navbatida barqaror iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari hamda kaz-kimyo sohasidagi mutaxassislarning yangi avlodi shakllanishiga zamin yaratadi.

Enter Engineering kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top