14:31 / 15.10.2019
0
4600

Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari temir yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi

Foto: Europa Press

Ispaniya oliy sudining 2017 yilda Kataloniya muxtoriyati mustaqilligi bo‘yicha noqonuniy referendum o‘tkazishga aloqador bo‘lgan kataloniyalik siyosatchilarga jazo hukmi chiqarganidan norozi bo‘lgan namoyishchilar Mataro munitsipalitetida temir yo‘l uchastkalaridan birini to‘sib qo‘yishdi. Bu haqda Periodico gazetasi xabar berdi.

Dushanba kuni Ispaniya oliy sudi 12 nafar kataloniyalik siyosatchini aybdor deb topdi. Ulardan to‘qqiz nafari isyon ko‘tarishga aloqadorlikda ayblanib 9 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Buning ortidan Kataloniyada norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Muxtoriyat mustaqilligi tarafdorlari Barselona, Tarragona, Jirona va boshqa shaharlar ko‘chalariga chiqishdi.

Periodico nashrining ma'lumot berishicha, mustaqillik tarafdori bo‘lgan CDR harakati a'zolari Mataro-Barselona temir yo‘l uchastkasini to‘sib qo‘yishi oqibatida poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.

Shuningdek, Barselona-Jirona yo‘nalishidagi temir yo‘llarga shikast yetgani uchun harakatlanish tiklanmagan.  

Xabar qilinishicha, Barselonaga eltuvchi avtomagistrallarda ham qatnov qiyinlashgan bo‘lib, yo‘llarda bir necha kilometrlik tirbandliklar kuzatilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top