13:50 / 15.10.2019
0
3863

Neymar jarohat tufayli 4 haftaga safdan chiqdi

«PSJ» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar yana jiddiy jarohat oldi. Parijliklar klubi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, futbolchi belining chap tomonidagi ikki boshli son mushaklarini shikastlab olgan.

27 yoshli futbolchi Braziliya milliy jamoasi tarkibida Nigeriyaga (1:1) qarshi o‘rtoqlik o‘yinining 12-daqiqasidayoq jarohat olib maydonni tark etgandi.

Klub Neyrmarning tiklanib safga qaytish muddati haqida ham ma'lumot berdi. Endi u kamida 4 haftani o‘tkazib yuboradi.

Ayni vaqtda fransuzlar klubi lazaretida yana ikki futbolchi qolmoqda. Kilian Mbappe va Tilo Kerer hali jarohatidan tuzala olmadi, Yulian Draksler esa umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.

Bu mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top