10:19 / 15.10.2019
0
4607

Tunis prezidenti saylovlarida mustaqil nomzod Qays Said g‘olib bo‘ldi

Foto: REUTERS / Muhammad Hamed

Tunis oliy saylov komissiyasi 13 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlarining 2-turida mustaqil nomzod Qays Said g‘olib bo‘lganini tasdiqladi.  

Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Said 72,71 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.

Konstitutsiyaviy huquq professori bo‘lgan Said o‘zining nomdor raqibi – mediamagnat va “Qalb Tunis” partiyasi yetakchisi Nabil al-Qorviyni ancha ortda qoldirgan.

Saidning g‘alabasi munosabati bilan arab dunyosi yetakchilari uni tabriklashmoqda. Jumladan, Tunisning yangi prezidentini birinchilardan bo‘lib Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy muborakbod etgan. U Facebook’dagi sahifasida “saylangan prezidentga va Tunis xalqiga muvaffaqiyat tilagan”. 

Shuningdek, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol-Saud ham Saidga o‘z tabrigini yo‘llagan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top