11:20 / 16.10.2019
0
10672

Ohangaronda premiks ishlab chiqarish bo‘yicha O‘rta Osiyo bo‘yicha eng katta zavod ochildi

2019 yil 9 oktabr kuni Ohangaronda «Agro Sammix» MChJ zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Zavod premiks – qishloq xo‘jaligining barcha hayvonlari (parranda, chorva, ot va baliqlar) uchun kombikorm (omuxta yem)ga qo‘shiladigan vitamin-mineralli qo‘shimcha ishlab chiqarish bo‘yicha O‘rta Osiyodagi eng katta korxonaga aylandi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017 yil aprel oyida Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida «AFROSIYOB PARRANDA» MChJ boyitilgan yem-ozuqa va qo‘shimchalar uchun premikslar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida topshiriqlar bergan edi. Prezident topshirig‘ini amalga oshirish hamda o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida ishlab chiqarish quvvati maksimal darajadagi – soatiga 5 tonna premiks ishlab chiqaruvchi yangi «Agro Sammix» zavodi qurib bitkazildi. Agar uskunadan to‘laqonli foydalanilsa, u 15 kun muddatda ozuqaga 0,1% nisbatida qo‘shiladigan normada O‘zbekistonning vitamin-mineral qo‘shimchalarga bo‘lgan bir oylik talabini qondirish salohiyatiga ega.

Bozorda sifatli premikslarning mavjudligi – chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojida muhim omil hisoblanadi. Hozirda O‘zbekistonda buzoqning sutkalik o‘rtacha vazn yig‘ishi standart bo‘yicha belgilangan 900 gramm emas, balki 300 grammni tashkil etadi. Boyitilmagan ozuqa iste'mol qilganda qishloq xo‘jaligi hayvonlari vitaminlar, mikro- va makroelementlar, mikrobga qarshi preparatlar va antioksidantlarni to‘liq hajmda qabul qilmaydi. Premikslar zarur moddalar mo‘tadilligini ta'minlaydi, immun tizimini yaxshilaydi, hazm qilishni tezlashtiradi hamda organizmdan ozuqa va suv bilan birga kirgan hazm qilish funksiyasiga zararli ta'sir etadigan moddalarni chiqarishda ishtirok etadi.

Ishlab chiqarish jarayonining yuqori avtomatlashtirilgani «Agro Sammix» zavodida inson mehnatini kamaytirishga imkon beradi. Xomashyo yot jinslardan tozalashning 3 ta bosqichidan o‘tadi, sifat nazorati uchun esa har bir partiyadan namuna olib tekshiriladi.

Zavod ochilishida «Agro Sammix»ning Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Niderlandiyadan hamkorlar ishtirok etdi.

«Biz avvaldan «Agro Sammix» mahsulotlari xalqaro standartlarga mutanosib bo‘lishiga harakat qildik. Hamkorlarimizdan har biri – o‘z sohasining ilg‘or yetakchilari. Zavodni o‘z sohasida 1909 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Ottevanger Milling Engineers Niderlandiya kompaniyasi loyihalashtirdi. Biz ishlab chiqaradigan premikslar O‘zbekistonda qo‘llanmaydigan, lekin Yevropada majburiy bo‘lgan FAMI-QS sifat sertifikatini qo‘lga kiritdi. Ushbu sertifikat mahsulotning iste'mol xavfsizligiga hamda korxonaning sifat menejmentiga bo‘lgan yuqori talablari bilan ajralib turadi. Yetkazib berish hajmi bo‘yicha yetakchi davlat Xitoy hisoblansa-da, «Agro Sammix» xomashyoni Yevropadan import qiladi. Chunki biz jonivorlar hayoti, sog‘ligi uchun mas'uliyatni his qilamiz va shuning uchun maksimal sifat kafolatini beruvchi Yevropa ishlab chiqaruvchilarini tanladik», - deydi «Agro Sammix» MChJ bosh direktori Shohrux Fuzaylov.

«Agro Sammix» MChJ premiksning barcha turlarini ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Retseptura esa hayvon nasliga qarab HYBRIMIN FUTTER 5 professional dasturi orqali tanlab olinadi. Oziqlantirish ratsionini tuzishda nafaqat zarur vitamin hamda minerallarning mavjudligi, balki ularning to‘g‘ri mutanosibligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ozuqa qo‘shimchalarida moddalar balansining buzilishi samaradorlikning tushishi, o‘sishning sustlashuvi hamda umumiy sog‘likning yomonlashuviga sabab bo‘lishi mumkin.

Zavod ochilishi paytida «Agro Sammix» MChJ hamda Germaniyaning Kaesler Nutrition GmbH kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik rejalari xususida kelishuv imzolandi.

Kaesler Nutrition kompaniyasi bilan biz 2013 yildan buyon hamkorlik qilamiz. O‘shanda biz  «AFROSIYOB PARRANDA» MChJ nomi bilan premikslar ishlab chiqarganmiz. Yangi zavodda ko‘plab jarayonlar nemis standartlari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Kaesler Nutrition mutaxassislari bizning xodimlarimizga HYBRIMIN FUTTER 5 dasturiga optimal oziqlantirish retsepturasini tanlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tdilar va hamon konsultativ yordam ko‘rsatib kelmoqdalar. Bundan tashqari, premiksning import tarkibi sifatini tasdiqlash uchun avval Kaesler nemis laboratoriyasiga keltiriladi, undan keyingina O‘zbekistonga yuboriladi. Shu yo‘l bilan xomashyo Yevropa standartlariga mutanosibligiga ishonch hosil qilamiz», - deydi «Agro Sammix» MChJ general direktori Shohrux Fuzaylov.

Angren erkin iqtisodiy zonasida joylashganligi hamda materiallarning qisman mahalliylashuvi evaziga «Agro Sammix» MChJ premikslari o‘zining import analoglariga nisbatan arzonroq bo‘ladi. Shuningdek, zavod ozuqaviy qo‘shimchalar bilan nafaqat ichki bozor, balki qo‘shni davlatlar bozorlarini ham ta'minlashni rejalashtirgan. Agro Sammix ishlab chiqarish liniyasi ishga tushgan birinchi kundayoq Tojikistonga 5 tonna mahsulot eksport qilindi.

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top