20:19 / 16.10.2019
0
5561

Sirdaryo viloyatida xorijga chiqish pasportlarini berish punktlari ko‘paydi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer va Baxt shaharlari, Mirzaobod tumanida xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun ma'lumotlarni yig‘ish bo‘yicha qo‘shimcha yig‘ish punktlari ochildi. Shu vaqtga qadar, bunday punkt Sirdaryo viloyati IIB MvaFRBda faoliyat yuritayotgan edi.  

Bugungi kunga kelib Sirdaryo viloyatida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun tashkil etilgan ma'lumotlarni yig‘ish punktlari quyidagi tarzda taqsimlanib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda: 

Sirdaryo viloyati IIB MvaFRBda 
-  Guliston shahar va Guliston tumani aholisiga
 
Sirdaryo tumani Baxt shahar IIB MvaFRBda 
-  Sirdaryo tumani, Sayxunobod tumani va Baxt shahri aholisiga
 
Yangiyer shahar IIB MvaFRBda 
- Yangiyer, Shirin shaharlari va Xovos, Boyovut tumanlari aholisiga
 
Mirzaobod tuman IIB MvaFRBda 
- Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlari aholisiga
 
Ma'lum qilinishicha, joriy yil oxirigacha viloyatning barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlarida xorijga chiqish pasportini olish uchun ma'lumotlarni yig‘ish punktlari ochilishi rejalashtirilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top