19:15 / 17.10.2019
0
4911

Andijon MIB tomonidan joriy yilda 924 milliard so‘m qarzdorlik undirilgan

16 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan  9 oylik faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan anjuman o‘tkazishdan maqsad, sohadagi yangilik va o‘zgarishlarni aholiga yetkazish, iste'molchilarning huquqiy madaniyatini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishdir”,– deydi viloyat boshqarma boshlig‘i o‘rinbsari H. Masaitov.  

Brifingda 2019 yilning yanvar-sentabr oylari davomida Andijon viloyat MIB tomonidan energiya resurslari, suv iste'moli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida 924,6 mlrd so‘m, shundan tabiiy gaz 333,7 mlrd, elektr energiyasi 552,9 mlrd, ichimlik  suvi ta'minoti uchun 29,3 mlrd so‘m va maishiy chiqindilardan tozalash xizmatlari uchun 8,7 mlrd so‘m undirilgan. O‘tgan 2018 yilning 9 oyida esa bu ko‘rsatkich 650,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, joriy yilning shu davriga nisbatan 273 mlrd so‘m ko‘p undirilganligi ta'kidlab o‘tildi.

 Brifingda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari  soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

    Sarvarbek Nazarov, Andijon   

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top