10:13 / 17.10.2019
1
37410

Prezident Surxondaryoga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bevosita tanishish, sanoat korxonalarini ko‘zdan kechirish, yangi loyihalarni belgilab berish maqsadida 17 oktabr kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, prezident joriy yilning bahorida ham ushbu viloyatda bo‘lgan, 1 may kuni Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashgan, shuningdek Surxondaryodagi zamonaviy tikuvchilik korxonasi va innovatsion ko‘chma kinoteatr loyihasi bilan tanishgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top