12:21 / 18.10.2019
0
11366
Reklama

Samarqand viloyatidagi Kichik Sanoat Zonalari – biznesingiz uchun qulay imkoniyat!

Siz tadbirkorlik faoliyatini boshlashingiz uchun 2022 yil 1 iyulgacha yer va mol mulk soliqlaridan ozod etilgan, uzluksiz elektr energiyasi, gaz, suv va oqova suv tarmoqlari hamda yo‘l sozlanmalari bilan ta'minlangan, qolaversa, qulay infratuzilmaga ega yer maydonlari va bino inshootlari mavjud bo‘lgan Samarqand viloyatidagi Kichik Sanoat Zonalari biznesingizni amalga oshirish uchun eng qulay imkoniyat hisoblanadi!

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5621-son Farmoniga muvofiq Kichik Sanoat Zonalari ishtirokchilari uchun:

- o‘z mablag‘lari hisobiga qurilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ga mulk huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

- rekonstruksiya qilish yoki kapital ta'mirlashni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq Kichik Sanoat Zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyin, binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish;

- investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq bajargan taqdirda, biroq Kichik Sanoat Zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat o‘tgandan keyin, o‘zlariga berilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirishingiz mumkin.

Quyida viloyatimizdagi Kichik Sanoat Zonalaridagi bo‘sh yer maydonlari haqida ma'lumot beramiz:

Kattaqo‘rg‘on shahri (Ingichka qo‘rg‘oni) da 2,0 gektar, Narpay tumani (“Tepa” mahallasi) da 5,96 gektar hamda sobiq (Zirabuloq MTP) da
0,30 gektar, Bulung‘ur tumanida sobiq (Kildon AJ) da 4,90 gektar, Qo‘shrabot tumanida (Qo‘shrabot MTP) da 1,1 gektar, Nurobod tumani (Nurobod MTP) da 0,30 gektar, Paxtachi tumani sobiq (Toshkenjayev paxta qabul qilish punkti) da 3,0 gektar, Oqdaryo tumani “Boshdarxon” mahallasida 1,05 gektar va Pastdarg‘om tumani (Pastdarg‘om MTP) 1,05 gektar va Kattaqo‘rg‘on tumani Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash AJ ga qarashli sobiq (Kattaming ipakchilik majmuasi) da 3,0 gektar.

Birinchi navbatda Kichik Sanoat Zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini joylashtirishda, respublikaning mavjud mineral xomashyo bazasidan foydalangan holda import o‘rnini bosadigan, innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportbop, raqobatbardosh yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga e'tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, KSZ direksiyasi jamoasi tomonidan qo‘shimcha tarzda boshqarib kelinayotgan “Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish markazi Samarqand viloyat bo‘limi” tomonidan tadbirkorlikka qiziquvchi, tadbirkorlikni boshlash arafasida turgan hamda tadbirkorlikni boshlagan, lekin mahsulotini sota olmayotgan fuqarolarimiz, yoshlarimiz va tadbirkorlarimiz uchun bepul maslahatlarimizni hamda joyiga chiqqan holda amaliy yordamlarimizni beramiz.

Bog‘lanish uchun xizmat telefonlari va telegramm messenjerlari; (98)100-09-81, (98)200-09-81 Samarqand viloyat kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi.

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top