15:32 / 19.10.2019
2
36228

100 dollargacha xorijiy valuta xarid qilish uchun pasport talab qilinmaydi

Foto: BILAWAL ARBAB / EPA / TASS

O‘zbekiston tijorat banklaridan 100 AQSh dollarigacha xarid qilmoqchi bo‘lgan shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydigan bo‘ldi. 

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur o‘zgartish Adliya vazirligida 3029-3 raqamda ro‘yxatga olingan. 

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda valuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollari va ungacha bo‘lgan miqdordagi naqd chet el valutasini sotishda pasport talab etilmaydi.

Hozirga qadar miqdoridan qat'inazar naqd chet el valutasini sotishda pasport talab qilinar edi. 

Ma'lumot uchun, rezident bu - O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs hamda O‘zbekistonda doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr ichida jami 183 kun va undan ortiq muddat O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxsdir.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top