19:06 / 19.10.2019
0
6939

Orenburgda O‘zbekiston fuqarosi YTH oqibatida halok bo‘ldi

18 oktabr kuni Orenburg oblastining Pervomayskiy rayonida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi A.R. halokat joyida vafot etdi.

Foto: Sergey GAPON

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda, deb ma'lum qildi O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston, Mariy El, Mordoviya, Tatariston, Udmurtiya, Chuvashiya Respublikalari, Kirov, Nijyegorod, Orenburg, Penza, Samara, Saratov, Ulyanov oblastlari, Perm o‘lkasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qiladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top