13:50 / 20.10.2019
0
6089

Gujarot shtati ishbilarmonlari Samarqandga kelishdi

Hindistonning Gujarot shtati bosh vaziri Vijay Rupani boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Samarqand temir yo‘l vokzalining rasmiy mehmonlarni kutib olish zalida viloyat hokimligi vakillari qarshi olishdi.

Delegatsiyaning tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand viloyat hokimligida uchrashuv o‘tkazildi.

So‘ngra delegatsiya a'zolari va samarqandlik ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forum tashkillashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Vijay Rupani boshchiligidagi Gujarot shtati ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya «Ochiq Andijon» 1-xalqaro investitsion forumida ham ishtirok etgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top