09:05 / 20.10.2019
0
12375

Turkiya va AQSh Suriya chegarasida xavfsizlik hududini tashkil etishga kelishib oldi

Foto: Getty Images

Turkiya prezidentining maslahatchisi Yasin Aktay Anqara va Vashington Turkiya-Suriya chegarasida xavfsizlik hududini tashkil etishga kelishib olganini ma'lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

Aktayning ta'kidlashicha, ikki tomonlama uchrashuv davomida xavfsizlik hududining kengligi muhokama qilingan. Uning kengligi 32 kmni, uzunligi esa 444 kmni tashkil qiladi. 

Ta'kidlanishicha, ushbu hududga Frot daryosining Ar-Raqqa va Daur-az-Zor viloyatlarini o‘z ichiga oluvchi sharqiy qismi kiradi.

Aktayning qo‘shimcha qilishicha, AQShda yozma kelishuvning yo‘qligi bu masala bo‘yicha hamfikrlik yo‘qligini bildirmaydi.  

Turkiya prezidenti maslahatchisining ta'kidlashicha, Vashington va Anqaraning xavfsizlik hududidagi hamkorligi NATO a'zolari sifatida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top