23:31 / 21.10.2019
0
2774

Abdulaziz Komilov Braziliyaning yangi elchisi bilan uchrashdi

2019 yilning 21 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Braziliya Federativ Respublikisining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Tovar da Silva Nunesni qabul qildi.

Komilov yangi elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib, uni O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatli faoliyat tiladi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida ikki tomonlama shaklda va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar turli sohalarda, jumladan muntazam vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar amaliyotini tiklash, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish, o‘zaro tovar va xizmatlar yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish orqali o‘zaro muloqotni faollashtirish tarafdori ekanliklarini ta'kidladilar.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top