23:35 / 21.10.2019
0
14161

Pentagon rahbari kutilmaganda Saudiya Arabistoniga keldi

Mark Esper Saudiya Arabistoni rahbarlari hamda Amerika qo‘shinlari vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper e'lon qilinmagan tashrif bilan Saudiya Arabistoniga keldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, Pentagon rahbari Saudiya Arabistoni yetakchilari hamda Amerika qo‘shinlari vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Esper avvalroq Afg‘onistonga tashrif buyurgandi.

Pentagon 11 oktyabrda AQSh Saudiya Arabistoniga qo‘shimcha 3 ming harbiy, ikkita Patriot zenit raketa majmuasi batareyasi va THAAD raketaga qarshi mudofaa majmuasini joylashtirishini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top