11:25 / 23.10.2019
1
12060

Lola Rahmonboyeva Turizm qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Lola Rahmonboyeva qo‘mita raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, bu O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi bilan amalga oshirildi.

Lola Rahmonboyeva 1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasini tugallagan. Lavozimga tayinlangunga qadar Lola Rahmonboyeva Kun.uz saytining muxbir va jurnalisti sifatida faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, raisning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi bir vaqtning o‘zida qo‘mita axborot xizmatining boshlig‘i hisoblanadi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top