12:42 / 23.10.2019
0
10290

Navro‘z Rizayev MSK matbuot xizmatiga rahbar etib tayinlandi

Foto: Markaziy saylov komissiyasi

Navro‘z Rizayev Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda MSK xabarida aytilgan.
 
Navro‘z Rizayev 1969 yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Tbilisi davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, rus va gruzin tili o‘qituvchisi. 

U 2017 yildan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “Oʻzbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturlar bo‘limining katta muharriri lavozimlarida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top