20:11 / 23.10.2019
1
7161

Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi

21-22 oktabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida yana bir xalqaro tanlov – «Stomatologiya Yuga-2019»  xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi.

Rus milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimini  Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ochib berdi.

Alisher Shodmonov

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev va mehmonlar so‘zga chiqib, xalqaro tanlovning ahamiyati haqida ta'kidlab o‘tdi.

Sarvarxon Buzrukxonov
Jasur Rizayev

Olimpiadada jami 18ta yetakchi tibbiy oliy ta'lim muassasasi, jumladan, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Kuban davlat tibbiyot universiteti, Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti, Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Kirov davlat tibbiyot universiteti, I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Pyatigorsk tibbiyot va farmatsevtika instituti, Qozon davlat tibbiyot universiteti, Privoljye tibbiy tadqiqot universiteti, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Qarag‘anda tibbiyot universiteti, Astana tibbiyot universiteti, Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti, N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti, Buxoro, Samarqand va Andijon tibbiyot institutlari va Toshkent davlat stomatologiya instituti vakillari qatnashdilar.

TDSI matbuot xizmatidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, ushbu oliygohlarning jamoalari yuqori kurslarda tahsil olayotgan 5 nafar talabadan iborat bo‘ldi. Olimpiada terapevtik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, xirurgik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya yo‘nalishlarida olib borildi.

Tanlovni xalqaro tajribaga ega olimlar baholab bordilar.

Tanlov O‘zbekiston nomidan qatnashgan Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari 2ta 1-o‘rin, 2ta 2-o‘rin, 1ta 3-o‘rin va 1ta mutlaq g‘olib ishtirokchi bilan eng yuqori o‘rinlarni egalladi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi Diyora Isanova olimpiadaning mutlaq g‘olibiga aylandi.

Diyora Isanova

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top