16:15 / 24.10.2019
0
5695

«O‘zmilliybank» Andijonda press-tur tashkil qildi

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Andijon viloyatida press-tur tashkil qilindi.

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari Milliy bankning Andijon viloyat bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdilar.

Bank bo‘limi va filiallarida 2019 yilning 1 oktabr holatiga mijozlar soni 97411ta bo‘lib, shundan yuridik shaxslar – 21518ta, jismoniy shaxs sifatida bank xizmatidan foydalanayotganlar esa 75893tani tashkil etadi. Yil boshiga nisbatan yuridik shaxs maqomidagi mijozlar soni 2057taga, jismoniy shaxslar 13336taga ko‘paygan. Ayni paytda bank 8065ta YaTTlar, 5880ta xususiy korxona, 6613ta dehqon va fermer xo‘jaliklari, 81ta qo‘shma korxonalar, davlat ulushi ishtirok etgan 224ta korxona hamda 667ta boshqa turdagi mijozlarga xizmat ko‘rsatyapti.

2019-2020 yillarda Andijon viloyatida tadbirkorlik sub'yektlarining biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy qiymati 755,3 mlrd. so‘mlik 41ta loyihalarga 533,0 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilishi, natijada 1286ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda ushbu loyihalardan 35 tasiga 121,6 mlrd. so‘m va 40350,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.

Press-tur doirasida matbuot vakillari Xo‘jaobod tumanidagi «Nil Granit» MChJda bo‘lishdi. «Samo» brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi «Nil Granit» MChJda ikki mingdan ziyod odam ishlaydi. Korxona mahsulotlarining eksport geografiyasi alohida mavzu. «Samo»ning sifatli kiyim-kechaklari MDH va Yevropa davlatlariga yetib borgan. Milliy bank «Nil Granit» MChJning ishonchli hamkorlaridan sanaladi.  

Keyingi manzil, klaster loyihasi bo‘yicha ish olib borayotgan Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Khantex Group» MChJ bo‘ldi. Klaster zamonaviy va ilg‘or mexanizatsiya uslubida paxta yetishtirib, undan tayyor material ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ygan. «Khantex Group»da 10,4 ming tonna paxta qayta ishlanib, 9,4 ming tonna ip-kalava, 2,1 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarilmoqda.  

«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top