10:41 / 24.10.2019
0
10610

Toshkent va Jizzaxda ajrimlar soni ko‘paygan

Foto: 123RF

Ajrimlar sonida yuqori o‘sish sur'atlari Toshkent shahri va Jizzax viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davstatqo‘m xabar berdi.

2019 yilning yanvar-centyabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 194,9 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 7,8 promilleni tashkil etdi.

2018 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Qashqadaryo (7,0 %), Xorazm (4,2 %), Samarqand (3,4 %) va Farg‘ona (2,1 %) viloyatlarida kuzatildi.

2019 yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 23,6 mingta nikohdan ajrashishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajrashish koeffitsiyenti 0,9 promilleni tashkil etdi.

2018 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Samarqand (8,8 %), Navoiy (7,6 %) va Andijon (6,9 %) viloyatlarida kuzatildi. 

Ajrimlar sonida 2018 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari Toshkent shahri (8,8 %) va Jizzax (3,9 %) viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top