17:38 / 25.10.2019
0
12001

9 oy yakuni: aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 10,8 mln so‘mni tashkil qildi

Foto: KUN.UZ

 2019 yilning yanvar–centyabrida O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 361,85 trln so‘mni tashkil etdi.

Davstatqo‘mning Kun.uz’ga xabar berishicha, aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 10,8 mln so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga yuqori.

O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda YaIM (YaQQ) tarmoqlari tarkibida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 31,3 foizdan 28,0 foizga hamda xizmatlar sohasi ulushi 36,8 foizdan 35,9 foizga kamaygan bir vaqtda, sanoatning ulushi 25,4 foizdan 29,2 foizga, qurilishning ulushi 6,5 foizdan 6,9 foizga o‘sdi.

2019 yil yanvar–sentabr oylaridagi iqtisodiy o‘sish sur'ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liq. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,9 foizini tashkil etdi va 5,7 foizga o‘sdi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta'siri 5,0 foiz punktni tashkil etdi).

Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 9,1 foizni tashkil etdi va 5,6 foiz darajasida o‘sish qayd etildi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta'siri 0,7 f.p.).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top