12:08 / 25.10.2019
0
35320

Samarqandda pedagog xodimlar tomonidan qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etildi 

Illyustrativ foto

Samarqandda pedagog xodimlar tomonidan qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yil 24 oktabr kuni Samarqand viloyati, Payariq tumani, Nakurt mahallasida A.S. (1983 yilda tug‘ilgan, o‘qituvchi) va H.B. (1984 yilda tug‘ilgan, o‘qituvchi) tanishi U.S. (1984 yilda tug‘ilgan, veterinariya bo‘limi xodimi) bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli janjallashgan.

Xabarda aytilishicha, ular U.S.ning tanasi turli joylariga urib, qasddan o‘ldirib, marhumni o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi ichiga o‘tkazib, voqea joyidan yashiringan.  

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan A.S. va H.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "p" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top