08:29 / 27.10.2019
0
5164

Huawei 2018 yilda patentlar olishga ariza berish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

Foto: AP Photo/Kin Cheung

Xitoyning Huawei telekommunikatsion korporatsiyasi 2018 yilda dunyoda patent olishga ariza berish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Biroq ushbu ishlanmalar texnologik nuqtai nazardan AQShdagi raqobatchi kompaniyalarga yutqazgan. Bu haqda Nikkei nashri Patent Result tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga tayanib xabar berdi. 

Huawei o‘tgan yil hammasi bo‘lib patent olishga 5405 ariza bergan, bu esa patent olishga ariza berish bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan Mitsubishi Electric yapon kompaniyasi va 3-o‘rinni egallagan Intel kompaniyasi arizalaridan 2 karradan ko‘proqni tashkil qilgan. Biroq Xitoy kompaniyasi patentlaridan 21 foizini yuqori innovatsiyalar toifasiga kiritish mumkin. AQShning boshqa texnologik kompaniyalari, misol uchun, Qualcomm bozorda yanada samarador harakat qiladi. Uning yuqori texnologik patentlari ulushi 44 foizni tashkil qiladi. 

Hisobotda ta'kidlanishicha, Huawei Xitoy kompaniyalari orasida patentlarni sotib olishda ham eng faoli bo‘lgan. 2018 yilda kompaniya 500 ta patent sotib olgan, ulardan yarmi AQSh firmalari va ishlab chiqaruvchilariga tegishli bo‘lgan. Gap raqamli signal, mobil tarmoqlarni boshqarish texnologiyalari va boshqalar haqida bormoqda. Patent Result tahlilchilarining fikricha, Xitoy kompaniyasi bunday siyosat hisobiga unga nisbatan sanksiyalar amal qilayotgan sharoitda qisqa muddatlarda texnologik mustaqillikka erishishni ko‘zlamoqda. 

1987 yilda tashkil topgan Huawei telekommunikatsiya va iste'molchilik qurilmalari, jumladan smartfonlar ishlab chiqaradi.  

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top