13:14 / 27.10.2019
0
3879

Toshkentda har shanba salomatlik marafoni o‘tkazilmoqda

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

26 oktabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida «Yuqori bosim — yuqori xavf» shiori ostida salomatlik marafoni o‘tkazilmoqda. Bu haqda xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Marafonda qo‘mita raisi Elmira Bositxonova, shuningdek, respublika, shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitalari rais hamda mutaxassislari, sog‘liqni saqlash muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati, xalq ta'limi va maktabgacha ta'lim muassasalari vakillari, yoshlar ittifoqi a'zolari, mahalla fuqarolari yig‘inlari, Sergeli tumani ichki ishlar bo‘limi, bank, soliq, savdo va boshqa korxonalar xodimlari, jami 800 nafarga yaqin faollar qatnashgan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu salomatlik marafoni har shanba kuni an'anaviy o‘tkazilmoqda va unda yuqori qon bosimi inson salomatligiga zararligi, unga qarshi harakat bilan kurashish kerakligi targ‘ib qilinmoqda. Xabarda marafon ishtirokchilari borgan sari ortib borayotgani aytilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top